Talabalar turar joyida voleybol bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti talabalar turar joylarida yashovchi talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va ular orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida sport musobaqalari o‘tkazilmoqda.

Institutning davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan 2-sonli talabalar turar joyida o‘tkazilgan voleybol bo‘yicha musobaqada talabalar sport mahorati va jismoniy tayyorgarligini sinovdan o‘tkazdi.

G‘olib va sovrindorlar institut sport klubi hamda Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan diplom, medal va sovg‘alar bilan taqdirlandi.

NukusDPI matbuot xizmati.