Talabalar stol tennisi bo‘yicha o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti 2-sonli talabalar turar joyida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida stol tennisi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

Yoshlarni sport va sog‘lomlashtirish tadbirlariga keng jalb etishni maqsad qilgan musobaqada talaba erkaklar o‘z mahoratlari va jismoniy tayyorgarliklarini sinovdan o‘tkazdi.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar institut sport klubi hamda Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan taqdirlandi.

NukusDPI matbuot xizmati.