Talabalar turar joyida shaxmat-shashka bo‘yicha musobaqa tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti 3-sonli talabalar turar joyida talaba-qizlar o‘rtasida shaxmat va shashka bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada talabalar “Aql gimnastikasi” bo‘yicha sport mahoratlarini sinovdan o‘tkazib, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazdi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, institut sport klubi hamda Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan diplom, medal hamda sovg‘alar bilan taqdirlandi.
NukusDPI matbuot xizmati.
