Kontrakt toʻlovlarini amalga oshirish muddati 15-oktyabrgacha uzaytirildi

2026-2027 oʻquv yili uchun oliy taʼlim tashkilotlarida kontrakt toʻlovlarini amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirish muddati 15-oktyabrga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi.
Bu muddat:
– bakalavriat va magistraturaga oʻqishga tavsiya etilgan abituriyentlar;
– oʻqishi koʻchirilgan yoki koʻchirib tiklangan talabalar;
– oʻqishga qayta tiklangan talabalarga taalluqli.
15-oktyabrga qadar bazaviy toʻlov-kontrakt boʻyicha yillik qiymatning kamida 25 foizi, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt boʻyicha esa kamida 50 foizi toʻlanishi lozim.
NukusDPI matbuot xizmati.