Talabalar o‘rtasida “Munozara” intellektual turniri o‘tkazildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida talaba-yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, mustaqil fikrlash, o‘z nuqtayi nazarini erkin va asosli ifoda etish ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida “Munozara” intellektual turniri tashkil etildi.
Turnirda institutning turli fakultetlaridan iqtidorli va faol talabalar ishtirok etib, dolzarb mavzular yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar. Bahslar davomida ishtirokchilar o‘z pozitsiyalarini aniq dalillar asosida himoya qilish, raqib fikrini tinglash va unga mantiqiy munosabat bildirish, jamoada ishlash kabi ko‘nikmalarini namoyon etdilar.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda talabalar o‘zlarining bilimi, dunyoqarashi, notiqlik mahorati va tezkor fikrlash qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazdilar.
Bunday intellektual bellashuvlar talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bilan birga, ularni mustaqil fikrlaydigan, faol va tashabbuskor yoshlar sifatida shakllantirishga xizmat qiladi.
NukusDPI matbuot xizmati.


