NukusDPI kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Karamatdin Gulimbetov mas’uliyatli lavozimga tayinlandi

Gulimbetov Karamatdin Nizamatdinovich – O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi lavozimiga tayinlandi.

Ma’lumot uchun, u shu kungacha Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi lavozimida samarali faoliyat olib bordi.

Karamatdin Nizamatdinovichni mas’uliyatli lavozimga tayinlangani bilan institut rektorati, mehnat jamoasi va jamoat tashkilotlari nomidan samimiy tabriklab, kelgusi ishlarida yuksak natijalar va katta muvaffaqiyatlar tilaymiz.

NukusDPI matbuot xizmati.