“FOUNDERS NIGHT” – STARTAP VA YANGI G‘OYALAR KECHASI!

Startap loyihalarga qiziqasizmi? O‘z g‘oyangizni rivojlantirish, yangi bilimlar olish va fikrdoshlar bilan tanishishni istaysizmi?
Unda shu yilning 3-oktyabr kuni soat 20:00 da Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida tashkil etilayotgan “Founders Night” aynan siz uchun!
Dasturdan quyidagilar o‘rin oladi:
“Startup yo‘li” – qisqa metrajli filmi;
Workshop – amaliy dars va yangi ko‘nikmalar;
Muammo tashlanadi – yechim topiladi!
Ishtirokchilarga muammoning yechimini tushuntirish uchun 1 daqiqa vaqt beriladi.
Eng yaxshi va kreativ yechimlar mualliflari pul mukofotlari bilan taqdirlanadi!
Bu kecha – shunchaki tadbir emas. Bu – g‘oya, imkoniyat, networking va ilhom uchrashadigan maydon!
Ishtirok etish niyatida bo‘lgan talabalar 1-oktyabr kunigacha (shu kuni ham) quyidagi telefon raqami orqali ro‘yxatdan o‘tishi kerak.
Murojaat uchun telefon: +998944860108
Telegram: @allakova_z
Tadbir o‘tkaziladigan joy: NukusDPI bosh binosi stadioni.
G‘oyangiz bormi? Unda uni imkoniyatga aylantirish vaqti keldi!
“Founders Night”da uchrashamiz!