Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun to‘lovli kontrakt asosida qo‘shimcha 6500 kvota tasdiqlandi

Davlat komissiyasining tegishli bayoniga muvofiq, 2026-2027-o‘quv yili uchun qoraqalpog‘istonlik yoshlar oliy taʼlimga kirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar joriy etildi.

Xususan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining murojaatiga muvofiq Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari kesimida toʻlov-kontrakt asosida viloyatlardagi davlat oliy taʼlim tashkilotlariga qoʻshimcha 6 500 ta qabul parametrlari tasdiqlandi.

Bunda bazaviy toʻlov-kontrakt asosidagi qoʻshimcha qabul parametrlari davlat oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga abituriyent sifatida roʻyxatdan oʻtgan Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlarini tamomlagan, oʻtkazilgan kirish imtihonlari natijalariga koʻra 56,7 va undan yuqori ball toʻplagan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar hisobidan shakllantiriladi.

Tanlov qaydnomalari tegishli oliy taʼlim tashkilotlariga belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun yetkaziladi.

NukusDPI matbuot xizmati.