Davlat mukofotlari topshirildi

Bugun hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “Yangi O‘zbekiston” universitetiga tashrif buyurib, ta’lim tizimidagi yutuqlar ko‘rgazmasi bilan tanishdi hamda o‘qituvchi va murabbiylar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘tkazilgan uchrashuvda Nukus shahridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev, Vazirlar Kengashi Raisi F.Ermanov, bir guruh soha vakillari videoaloqa orqali ishtirok etdi.

Uchrashuv avvalida Prezidentimizning “O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoni bilan taqdirlangan soha vakillariga Jo‘qorg‘i Kenges Raisi davlat mukofotlarini topshirdi.