NukusDPI professor-o‘qituvchilari “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i asosida 1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining bir guruh professor-o‘qituvchilari “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi:
1) Seytjanova Ulbosin Qudaybergenovna;
2) Alaminov Muratbay Haytbaevich;
3) Turg‘anov Baxit Qurbanbayevich;
4) Bekjanova Biybiraba Karimbayevna;
5) Qazaqbayev Sarsen Seyilbekovich;
6) Qasimov Mahamedkerim.
Taqdirlangan professor-o‘qituvchilarga ko‘krak nishonlari institutda tashkil etilgan bayram kechasida rektor v.b. Quvondiq Qodirov tomonidan tantanali ravishda topshirildi.
NukusDPI matbuot xizmati.