NukusDPIda “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining fakultet bosqichiga start berildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida talaba-yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining guruhlararo – fakultet bosqichiga start berildi.

Sport musobaqalari joriy yilning 2-9-oktyabr kunlari:

– Mini futbol;

– Stritbol;

– Stol tennisi;

– Voleybol;

– Yengil atletika turlari bo‘yicha har bir fakultetda tashkil etiladi.

Institutimiz talaba-yoshlarini sport musobaqalarida faol ishtirok etishga chorlaymiz!

NukusDPI matbuot xizmati.