Magistratura mutaxassisliklarida qo‘shimcha qabul kvotasi asosida o‘qish niyatida bo‘lgan talabalar e’tiboriga!

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 2026-2027-o‘quv yili uchun magistratura mutaxassisliklarida to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha qabul kvotasi bo‘yicha o‘qish niyatida bo‘lgan talabalar magistratura bo‘limiga kelib ariza yozishi kerakligini ma’lum qilamiz.

Institutning magistratura bo‘limi 5-sonli o‘quv binosining 220-xonasida joylashgan.

Geolokatsiya: https://maps.app.goo.gl/wB6RCPjedZZ8Ro8DA

Ma’lumot uchun, institutda magistratura mutaxassisliklariga qo‘shimcha qabul kvotasi asosida to‘lov-kontrakt summasi bazaviy kontrakt miqdorining 1,5 baravari miqdorida belgilangan.

NukusDPI matbuot xizmati.