Institut Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni institut rektori v.b. Quvondiq Qodirov olib bordi.

Kun tartibiga muvofiq, majlisda tanlov ishlari, ijro intizomi, fuqarolarning yozma va og‘zaki murojaatlari, talabalar va ularning ota-onalaridan kelib tushgan taklif va arizalarning ko‘rib chiqilishi, vazirlik huzuridagi Muvofiqlashtiruvchi kengashga o‘quv adabiyotlarini taqdim etish, ilmiy unvonlarga talabgor institut professor-o‘qituvchilarining hujjatlarini Oliy attestatsiya komissiyasiga taqdim etish, shuningdek, joriy masalalar ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

NukusDPI matbuot xizmati.