NukusDPI jamoasi kibersport bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan musobaqada ishtirok etmoqda

Joriy yilning 12-14-oktyabr kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Ilm-fan va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish “Ziyo Forum” fondi tomonidan respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida kibersportning DOTA 2 yo‘nalishi bo‘yicha musobaqa o‘tkazilmoqda.
Talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va kibersport turlariga yoshlarni keng jalb etish maqsadida o‘tkazilayotgan musobaqada Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti jamoasi ham ishtirok etmoqda.
Ma’lumot uchun, musobaqa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida tashkil etilgan.
NukusDPI matbuot xizmati.
