NukusDPI talabasi Dina Usenbayeva O‘zbekiston kubogida oltin va bronza medallarini qo‘lga kiritdi

Joriy yilning 14-18-oktyabr kunlari Toshkent shahrida jiu-jitsu bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
Quvonarlisi, musobaqada Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Pedagogika-psixologiya va ijodiy ta’lim fakulteti jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishining 2-kurs talabasi Dina Usenbayeva nou-gi yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘rinni egallab oltin medal sohibi bo‘lgan bo‘lsa, ushbu musobaqada ne-vaza yo‘nalishi bo‘yicha faxrli 3-o‘rinni egallab, bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Institutimiz talabasi Dina Usenbayevani qo‘lga kiritgan yutuqlari bilan tabriklaymiz.
NukusDPI matbuot xizmati.