Fakultetlarda “Oçiq eşiklar kuni” doirasida ota-onalar bilan uçraşuvlar taşkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining Maktabgaça va boşlanğiç ta’lim, Ellikqal’a, Pedagogika-psixologiya va ijodiy ta’lim, şuningdek, Filologiya fakultetlarida talabalarning ota-onalari iştirokida “Oçiq eşiklar kuni” tadbirlari taşkil etildi.

Uçraşuvlardan közlangan asosiy maqsad ota-onalar bilan ta’lim muassasasi örtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlaş, talabalar ta’lim-tarbiyasi, özlaştiriş körsatkiçlari hamda ularning ijtimoiy faolligini oşiriş masalalarida özaro fikr va tajriba almaşişdan iborat.

Tadbirlar davomida ota-onalarga fakultetlarda yaratilgan ta’lim şaroitlari, öquv jarayonining taşkil etilişi, talabalarning bilim va könikmalarini rivojlantiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar haqida ma’lumot berildi.

Oçiq muloqot şaklida ötgan uçraşuvlarda ota-onalar özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, taklif va mulohazalarini bildirdilar. Bildirilgan fikrlar yuzasidan tegişli tuşuntirişlar berilib, mavjud masalalarni hamkorlikda hal etiş muhimligi ta’kidlandi.