Filologiya fakulteti dekani örinbosari Miyirxan Allaniyazova – “Milliy qadriyatlar tarğibotçisi” tanlovining respublika bosqiçi ğolibi

Toşkent töqimaçilik va yengil sanoat institutida oliy ta’lim taşkilotlarida ma’naviy-ma’rifiy işlar tizimini yanada takomillaştiriş, milliy qadriyatlar, urf-odatlar, an’analarni keng tarğib etişda faollik körsatayotgan ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça mas’ul rahbarlar va pedagoglarni rağbatlantiriş maqsadida taşkil etilgan “Milliy qadriyatlar tarğibotçisi” tanlovining respublika final bosqiçi bölib ötdi.
Tanlovda hududiy bosqiçlarda ğolib bölgan respublikamizdagi barça oliy ta’lim muassasalaridan ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça mas’ullar iştirok etdi.
Quvonarlisi, tanlovda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Filologiya fakulteti dekanining yoşlar bilan işlaş va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça örinbosari Miyirxan Allaniyazova 1-örinni egallab, ğolib böldi.
Yoşlar ta’lim-tarbiyasida köp yillardan buyon samarali xizmat qilib kelayotgan dekan örinbosari Miyirxan Allaniyazovani qölga kiritgan yutuqlari bilan tabriklaymiz!
NukusDPI matbuot xizmati.
