“Sifat haftaligi” doirasida tarğibot tadbiri ötkazildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida Qoraqalpoğiston Respublikasi Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi tomonidan “Sifat haftaligi” doirasida tarğibot tadbiri taşkil etildi.

Tadbirda qömita mutaxassisi I.Ubbiev iştirok etib, talaba-yoşlarga Özbekiston Respublikasining “Iste’molçilarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida”gi Qonunining mazmun-mohiyati, unda belgilangan asosiy huquq va kafolatlar, şuningdek, iste’molçilarning qonuniy manfaatlarini himoya qiliş mexanizmlari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Uçraşuv davomida iste’molçilarning tovar va xizmatlar sifati, ularning xavfsizligi, töğri va töliq ma’lumot oliş, sifatsiz mahsulot yoki xizmat yuzasidan öz huquqlarini talab qiliş imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.

Şuningdek, kundalik hayotda iste’molçi sifatida duç kelinişi mumkin bölgan turli vaziyatlar, huquqbuzarliklarning oldini oliş hamda bunday holatlarda qonunçilikda belgilangan tartibda murojaat qiliş masalalari yuzasidan tuşuntirişlar berildi.

Tadbir yakunida talabalar özlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan javob oldilar.

Mazkur tarğibot tadbiri talaba-yoşlarning huquqiy savodxonligini oşiriş, iste’molçi sifatidagi huquq va majburiyatlari töğrisidagi bilimlarini mustahkamlaş hamda jamiyatda iste’mol madaniyatini yuksaltirişga xizmat qiladi.

NukusDPI matbuot xizmati.