NukusDPIning magistrant va talaba-yoşlari “Ona diyor – ranglar jilosida” rassomlik tanlovining ğoliblari böldi

Özbekiston yoşlar ittifoqi Qoraqalpoğiston Respublikasi Kengaşi tomonidan Özbekiston Badiiy akademiyasi Qoraqalpoğiston Respublikasi bölimi bilan hamkorlikda rassom va rassomlikka qiziquvçi yoşlar örtasida “Ona diyor – ranglar jilosida” mavzusida rassomlik tanlovi ötkazildi.

Nukus şahar Yoşlar markazida bölib ötgan tanlovda iştirokçilar belgilangan vaqt davomida Vatanga muhabbat, oilaviy qadriyatlar, vatanparvarlik, mardlik va jasorat, ona yurtning betakror gözalligi kabi mavzularda badiiy fantaziya doirasida rasmlar çizdi.

Tanlov yakunida eng yaxşi 10 ta ijodiy asar hakamlar hay’ati tomonidan tanlab olindi.

Ahamiyatlisi, iştirokçilar orasidan Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti tasviriy san’at mutaxassisligi 1-kurs magistranti A.Tanirbergenov, tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yönalişi 1-kurs talabasi Ş.Madreymova va 3-kurs talabasi J.Turdibaevalar ğoliblar safidan joy oldi.

Ğoliblar taşkilotçilar tomonidan diplom va qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlandi.

NukusDPI matbuot xizmati.