“Eng yaxşi tyutor” tanlovining institut bosqiçi bölib ötdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida tyutorlarning kasbiy mahoratini oşiriş, ularning faoliyatini yanada takomillaştiriş, ilğor iş tajribalarini ommalaştiriş hamda talabalar bilan işlaş samaradorligini yuksaltiriş maqsadida “Eng yaxşi tyutor” tanlovining institut bosqiçi ötkazildi.

Tanlovda institut fakultetlarida faoliyat yuritayotgan tyutorlar öz bilim va könikmalari, kasbiy salohiyati, taşabbuskorligi hamda talabalar bilan işlaş borasidagi tajribalarini namoyiş etdi.

Tanlov şartlari davomida iştirokçilarning tyutorlik faoliyatini samarali taşkil etişi, talabalarning ta’lim-tarbiyasi, ularning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş, yoşlar bilan individual işlaş, muammolarini örganiş va ijobiy hal etiş borasidagi faoliyati baholandi.

Şuningdek, tyutorlarning innovatsion yondaşuvlari, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalaniş könikmalari hamda talaba-yoşlar bilan işlaşda amalga oşirayotgan taşabbuslariga alohida e’tibor qaratildi.

Tanlov yakunida hakamlar hay’ati tomonidan iştirokçilarning faoliyati belgilangan mezonlar asosida baholanib, eng munosib nomzodlar saralab olindi.

NukusDPI matbuot xizmati.