Ajiniyoz Qösiboy öğli nomidagi stipendiya tanlovida kimlar ğolib böldi?

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 2026-2027-öquv yili uçun bir guruh iqtidorli, bilimli va zukko magistrant, talaba va öquvçi yoşlar Ajiniyoz Qosiboy öğli nomidagi institut stipendiyasi tanlovida ğolib bölib, stipendiat atandi.
Ular:
Bazarbayeva Mehribanu Raximnazarovna – Magistratura bölimi pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turi böyiça) mutaxassisligining 2-kurs magistranti;
Kenjebaeva Munisa Muratbay qizi – Filologiya fakulteti ona tili va adabiyoti: qoraqalpoq tili ta’lim yönalişining 2-kurs talabasi;
Tairova Zebiniso Niyazimbet qizi – Maktabgaça va boşlanğiç ta’lim fakulteti maxsus pedagogika: logopediya ta’lim yönalişining 4-kurs talabasi;
Yusupbekova Gulbahar Maratovna – Tarix fakulteti milliy ğoya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yönalişining 2-bosqiç talabasi;
Örozboyev Nusratbek Ziyaddin öğli – Aniq fanlar fakulteti matematika ta’lim yönalişi 3-bosqiç talabasi;
Turdimuratova Roza Xalmurat qizi – Pedagogika-psixologiya va ijodiy ta’lim fakulteti pedagogika ta’lim yönalişi 4-kurs talabasi;
Turğanbaev Dauranbek Niyetbay öğli – Tabiiy fanlar fakulteti geografiya va iqtisodiy bilim asoslari ta’lim yönalişining 4-kurs talabasi;
Dovletmurodova Maxim Perdebay qizi – Ellikqal’a fakulteti özbek tili va adabiyoti ta’lim yönalişining 3-kurs talabasi;
Dilanov Dilmuhammed Bekmurza öğli – NukusDPI akademik litseyi aniq fanlar: iqtisodiyot yönalişining 2-bosqiç öquvçisi.
Ma’lumot örnida ta’kidlaş joiz, Ajiniyoz Qosiboy öğli nomidagi stipendiya tanlovi ğoliblariga nomli davlat stipendiyalariga tölanadigan stipendiyaning 60 foizi miqdorida stipendiya belgilanadi.
NukusDPI matbuot xizmati.