“Qalqon” jamoatçilik guruhi faoliyatini samarali taşkil etiş masalalari muhokama qilindi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida talaba-yoşlar örtasida huquqbuzarlik va jinoyatçilikning oldini oliş, jamoat tartibini saqlaş hamda ta’lim muassasasida xavfsiz va soğlom muhitni şakllantirişda “Qalqon” jamoatçilik guruhi faoliyatini samarali yölga qöyiş masalalariga bağişlangan uçraşuv bölib ötdi.

Unda institut rektori maslahatçisi Ğulomjon Ibadullayev hamda yoşlar yetakçisi Yerniyaz Qasimov iştirok etdi.

Uçraşuv davomida “Qalqon” jamoatçilik guruhining asosiy vazifalari, faoliyat yönalişlari, talaba-yoşlar orasida huquqiy madaniyatni yuksaltiriş, jamoat tartibini ta’minlaş va turli salbiy holatlarning oldini oliş borasidagi vazifalar atrofliça muhokama qilindi.

Şuningdek, guruh a’zolarining mas’uliyatini oşiriş, ularning faoliyatini tizimli taşkil etiş, profilaktik tadbirlarda faol iştirokini ta’minlaş hamda institut mas’ullari bilan hamkorlikni kuçaytiriş yuzasidan tegişli tavsiya va takliflar bildirildi.

NukusDPI matbuot xizmati.