Ellikqal’a fakultetida energiya resurslaridan xavfsiz foydalaniş masalasiga oid profilaktik tadbir ötkazildi

Talaba-yoşlar örtasida favqulodda vaziyatlarning oldini oliş hamda xavfsizlik madaniyatini yuksaltiriş maqsadida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Ellikqal’a fakultetida “Energiya resurslaridan xavfsiz foydalaniş – hayot garovi” mavzusida davra suhbati taşkil etildi.
Tadbirda Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi mas’ul xodimi, mayor A.Dosanov hamda Ellikqal’a tumani Favqulodda vaziyatlar bölimi boşliği, podpolkovnik B.Bekturdiyev iştirok etdi.
Uçraşuv davomida mutaxassislar tomonidan asosiy e’tibor yonğin xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etiş, is gazidan zaharlaniş hamda gaz-havo aralaşmasining çaqnaşi kabi köngilsiz holatlarning oldini oliş masalalariga qaratildi.
Xususan, talaba-yoşlarga ijarada yaşaş şaroitlari va xonadonlarda isitiş peçlari, dudburonlar hamda elektr va gaz jihozlaridan texnik talablar asosida foydalaniş, qölbola va nostandart moslamalarni işlatmaslik hamda favqulodda holatlarda töğri harakatlaniş böyiça batafsil tuşunçalar berildi.
Tadbir yakunida talabalar özlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislaridan atrofliça javoblar oldilar. Iştirokçilarga xavfsizlik qoidalari aks ettirilgan eslatma va tarğibot materiallari tarqatildi.