Kiber va narkojinoyatlarga qarşi kuraşiş – davr talabi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Aniq fanlar fakultetida talaba-yoşlar örtasida kiberjinoyatçilik va narkojinoyatlarning oldini oliş, ularning salbiy oqibatlari haqida tuşunça beriş hamda huquqiy savodxonlikni oşirişga qaratilgan tarğibot tadbiri taşkil etildi.
Tadbir davomida bugungi kunda keng tarqalib borayotgan internet firibgarligi, bank plastik kartalari va şaxsiy ma’lumotlardan noqonuniy foydalaniş, fişing havolalari orqali fuqarolarni aldaş kabi kiberjinoyatlarning usullari va ulardan himoyalaniş çoralari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Şuningdek, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar iste’moli, ularning noqonuniy savdosi hamda bunday jinoyatlarga aralaşişning huquqiy oqibatlari xususida tuşuntirişlar berildi. Talaba-yoşlar örtasida zararli illatlardan yiroq böliş, soğlom turmuş tarziga amal qiliş, internetdan foydalanişda huşyorlik va mas’uliyatni oşirişning ahamiyati ta’kidlandi.
Uçraşuv davomida mavzuga oid hayotiy misollar asosida fikr-mulohazalar bildirilib, talabalarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.
NukusDPI matbuot xizmati.