“Sahro bulbullari” jamoasi respublika “Munozara” tanlovi final bosqiçida iştirok etdi

Toşkent şahrida Ta’lim va ilm-fan vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yoşlar işlari agentligi, Fanlar akademiyasi hamda Talaba-yoşlar bilan işlaş markazi hamkorligida taşkil etilgan “Munozara” respublika tanlovining final bosqiçi bölib ötdi.

Mazkur tanlov yoşlarning intellektual salohiyatini namoyon etiş, mustaqil va tanqidiy fikrlaş, mantiqiy muşohada yuritiş, öz nuqtayi nazarini asosli dalillar bilan himoya qiliş hamda jamoada işlaş könikmalarini rivojlantirişga qaratilgan.

Uşbu nufuzli tanlovning final bosqiçida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining “Sahro bulbullari” jamoasi ham faol iştirok etdi.

Tanlov davomida jamoa a’zolari öz bilim va salohiyati, notiqlik mahorati hamda munozara olib boriş könikmalarini namoyon etib, respublikaning turli hududlaridan kelgan tengdoşlari bilan fikr almaşiş imkoniyatiga ega böldi.

NukusDPI matbuot xizmati.