NukusDPI magistranti Lobarxon Yuldaşova – “Bölajak olim” ilmiy ğoyalar tanlovi ğolibi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti biologiya mutaxassisligi 2-kurs magistranti Lobarxon Yuldaşova Özbekiston Respublikasi Ta’lim va ilm-fan vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlaniş agentligi hamda Yoşlarning innovatsion taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş ofisi tomonidan 2026-yilda e’lon qilingan “Bölajak olim” ilmiy ğoyalar tanlovi ğolibi deb topildi.

Uning “Qoraqalpoğiston Respublikasi hududida degradatsiyaga uçragan tuproqlardan samarali foydalanişda oqchangal (Nitraria sibirica) ösimligining köçatzor-plantatsiyasini yaratiş va qayta işlaş texnologiyasini joriy etiş” mavzusidagi ilmiy ğoyasi yuqori baholanib, 77 million 150 ming söm miqdoridagi mablağ bilan taqdirlandi.

Mazkur ilmiy taşabbus hududimizda degradatsiyaga uçragan tuproqlardan samarali foydalaniş, mahalliy ösimlik resurslarini ilmiy asosda örganiş hamda ularni qayta işlaş texnologiyalarini rivojlantirişga xizmat qilişi bilan ahamiyatlidir.

Uşbu yutuq bilan Yuldaşova Lobаrxon Muminjan qizini samimiy muborakbod etamiz! Kelgusidagi ilmiy izlanişlari va innovatsion loyihalariga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

NukusDPI matbuot xizmati.