“Turli millatlar – yagona fuqaroviy özlik” mavzusida konferensiya ötkazildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida Bağrikenglik haftaligi doirasida “Turli millatlar – yagona fuqaroviy özlik” mavzusida konferensiya taşkil etildi.
Konferensiyada institut rahbariyati, Qoraqalpoğiston Respublikasi davlat va jamoat taşkilotlari vakillari, diniy ulamolar, ziyolilar, professor-öqituvçilar hamda talabalar iştirok etdi.
Tadbirni institut rektori v.b. Quvondiq Qodirov kiriş sözi bilan oçib, mamlakatimizda millatlararo totuvlik, diniy bağrikenglik va özaro hurmat muhitini mustahkamlaş, turli millat va elat vakillarining yagona Vatan ravnaqi yölida birlaşişi muhim ahamiyat kasb etişini ta’kidladi.
Şuningdek, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisining jamoat va diniy taşkilotlar bilan aloqalar böyiça örinbosari A.Allaniyazov ham sözga çiqib, jamiyatda millatlararo hamjihatlikni ta’minlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar haqida fikr bildirdi.
Konferensiya davomida ma’ruzaçilar tomonidan millatlararo totuvlik va diniy bağrikenglikning jamiyat hayotidagi örni, uning davlat barqarorligi hamda taraqqiyotidagi ahamiyati e’tirof etildi.
Jumladan, Qoraqalpoğiston musulmonlari qoziyati qozisi B.Razov “Diniy manbalarda millatlararo totuvlik masalasining uluğlanişi”, Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan yoşlar murabbiyi B.Sultanov “Millatlararo totuvlik – davlat barqarorligi va jamiyat taraqqiyotining muhim omili”, institut rektori v.b. Q.Qodirov esa “Turli millatlar – biz, yagona Vatan farzandlarimiz” mavzularida ma’ruzalar qildi.
Tadbirda, şuningdek, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qoraqalpoğiston Respublikasi bölimi boşliği T.Atamuratov, Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi Qoraqalpoğiston Respublikasi Kengaşi raisi U.Jalmenov, “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi Qoraqalpoğiston Respublikasi Kengaşi raisi T.Romanov hamda Qoraqalpoğiston xalq şoiri X.Dauletnazarov, Özbekiston va Qoraqalpoğiston Yozuvçilar uyuşmalari a’zosi, şoir R.Otarbayevlar ham iştirok etdi.
Konferensiya yakunida institutning “Tömaris” xalq ansambli a’zolari hamda qobiliyatli talabalari ijrosida madaniy-konsert dasturi namoyiş etildi.
Mazkur tadbir millatlararo döstlik va hamjihatlikni mustahkamlaş, yoşlarda bağrikenglik, vatanparvarlik va yagona Vatan tuyğusini yuksaltiriş, jamiyatda tinçlik va barqarorlikni asraşga qaratilgan ezgu qadriyatlarni keng tarğib etişda muhim ahamiyat kasb etdi.
NukusDPI matbuot xizmati.