Axborot-resurs markazi mutaxassislari respublika konferensiyalarida iştirok etdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti axborot-resurs markazi mutaxassislari joriy yilning noyabr oyida Toşkent va Buxoro şaharlarida ötkazilgan nufuzli respublika ilmiy-amaliy tadbirlarida faol iştirok etdi.

Jumladan, 12-noyabr kuni Toşkent şahrida bölib ötgan “Özbekiston universitet kutubxonalarini raqamli transformatsiya qiliş va milliy ilmiy-axborot tarmoğini barpo etiş strategiyasi” mavzusidagi konferensiyada axborot-resurs markazi direktori Gulayim Jiyemuratova hamda mutaxassis Elmira Dosimova iştirok etib, sun’iy intellekt asosidagi zamonaviy kutubxona xizmatlari va “Unilibrary” platformasini rivojlantiriş masalalari yuzasidan tajriba almaşdi.

Şuningdek, 16-20-noyabr kunlari Buxoro şahrida taşkil etilgan “INFOLIB ÖZBEKISTON – 2026” XV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasidagi ilmiy konferensiya va respublika anjumanlarida ham institut vakillari qatnaşdi. Unda raqamli davrda kitobxonlik madaniyatini rivojlantiriş, elektron va audio kitoblardan samarali foydalaniş hamda kutubxona xizmatlarini takomillaştiriş masalalari muhokama qilindi.

Mazkur tadbirlarda orttirilgan bilim va tajribalar institut axborot-resurs markazi faoliyatini yanada takomillaştiriş, zamonaviy raqamli xizmatlarni joriy etiş hamda professor-öqituvçilar va talabalarga sifatli axborot-kutubxona xizmatlarini körsatişda muhim ahamiyat kasb etadi.

NukusDPI matbuot xizmati.