Prezident maktubidagi ezgu ğoyalar talaba-yoşlar örtasida tarğib qilinmoqda

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Aniq fanlar fakultetida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning “Suyukli nabiram Şavkatbekka parvoz davomida bitilgan maktub” nomli murojaatida ilgari surilgan fikr va ğoyalar mazmun-mohiyatini talaba-yoşlarga yetkazişga qaratilgan tarğibot tadbiri ötkazildi.

Tadbir fakultet dekan örinbosarlari va tyutorlar tomonidan taşkil etilib, unda maktubda yoşlar ta’lim-tarbiyasi, ilm-fanga intiliş, zamonaviy bilim va xorijiy tillarni egallaş, vaqtni qadrlaş, milliy qadriyatlar hamda vatanparvarlik ruhida kamol topiş borasida bildirilgan fikrlar atrofliça muhakama qilindi.

Şuningdek, talabalarga bilim oliş va izlanişdan töxtamaslik, zamonaviy texnologiyalar hamda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan oqilona foydalaniş, öz oldiga yuksak maqsadlar qöyib, yurt taraqqiyotiga munosib hissa qöşiş zarurligi ta’kidlandi.

Bunday tarğibot tadbirlari institutning barça fakultetlarida davom ettirilmoqda.

NukusDPI matbuot xizmati.