Prezident maktubidagi ezgu fikrlar talaba-qizlar iştirokida tarğib qilindi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti rektorining xotin-qizlar masalalari böyiça maslahatçisi Sayyora Bekçanova tomonidan Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning “Suyukli nabiram Şavkatbekka parvoz davomida bitilgan maktub” nomli murojaatida ilgari surilgan fikr va ğoyalar mazmun-mohiyatiga bağişlangan tarğibot tadbiri ötkazildi.

Tadbirda maktubda yoş avlodning ta’lim-tarbiyasi, ilm-ma’rifatga intilişi, zamonaviy bilim va xorijiy tillarni egallaşi, milliy qadriyatlar hamda vatanparvarlik ruhida kamol topişi borasida bildirilgan fikrlarga alohida e’tibor qaratildi.

Şuningdek, xotin-qizlarning bilim olişi, öz salohiyatini namoyon etişi, jamiyat hayotida faol iştirok etişi va kelajakda yurt ravnaqiga munosib hissa qöşişi muhimligi ta’kidlandi.

Tadbir davomida maktubda ilgari surilgan ezgu ğoyalarni talaba-qizlar örtasida keng tarğib qiliş, ularni ilm oliş, izlaniş va yuksak maqsadlar sari intilişga undaş yuzasidan fikr almaşildi.