Davlat xaridlarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini oliş masalalari muhokama qilindi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti hamda akademik litseyda davlat xaridlari sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini oliş va içki nazorat mexanizmlarini kuçaytiriş masalalariga bağişlangan yiğiliş bölib ötdi.

Institut rektori v.b. Q.Qodirov raisligida ötkazilgan yiğilişda davlat xaridlarida oçiqlik va şaffoflikni ta’minlaş, raqobat muhitini şakllantiriş, manfaatlar töqnaşuvining oldini oliş hamda mablağlardan maqsadli va qonuniy foydalaniş masalalari muhokama qilindi.

Yiğilişda korrupsiyaga qarşi kuraşiş “Komplaens nazorat” tizimini boşqariş bölimi boşliği Ş.Şamuratov davlat xaridlari jarayonida manfaatlar töqnaşuvini aniqlaş va bartaraf etiş, xarid hujjatlari, şartnomalar hamda tölovlar ustidan muntazam monitoring olib boriş muhimligini ta’kidladi.

Muhokama yakunida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytiriş, içki nazorat tizimini takomillaştiriş, aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş va mas’ul xodimlarning şaxsiy javobgarligini oşiriş yuzasidan tegişli vazifalar belgilab olindi.

NukusDPI matbuot xizmati.