Xotin-qizlarga nisbatan zöravonlikka qarşi birlaşaylik!

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 25-noyabr – Xotin-qizlarga nisbatan zöravonlikka barham beriş xalqaro kuni munosabati bilan 10-dekabr – Xalqaro inson huquqlari kuniga qadar davom etadigan “Xotin-qizlarga nisbatan zöravonlikka qarşi birlaşaylik!” şiori ostidagi “16 kunlik faol harakatlar” aksiyasi doirasida huquqiy-ma’rifiy tadbir taşkil etildi.
Tadbirda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, ularning jamiyatdagi mavqeyini mustahkamlaş, tazyiq va zöravonlikning oldini oliş, şuningdek, gender tenglikni ta’minlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar haqida söz yuritildi.
Uçraşuv davomida iştirokçilarga xotin-qizlarni tazyiq va zöravonlikdan himoya qilişga qaratilgan qonunçilik hujjatlari, jabrlanuvçilarning huquqlari, himoya orderini rasmiylaştiriş tartibi hamda huquqiy yordam oliş imkoniyatlari yuzasidan batafsil tuşunçalar berildi.
Şuningdek, zöravonlikning har qanday körinişiga nisbatan murosasiz munosabatni şakllantiriş, bunday holatlarning oldini olişda jamoatçilik faolligini oşiriş va xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini yuksaltiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir yakunida iştirokçilar özlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javoblar oldilar.
NukusDPI matbuot xizmati.