Berdaq edi şoirlarning donosi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Filologiya fakulteti qoraqalpoq adabiyoti kafedrasi hamda “Ziyuar” adabiy tögaragi hamkorligida qoraqalpoq xalqining buyuk şoiri Berdaq Ğarğaboy öğli tavalludining 199 yilligiga bağişlangan “Berdaq edi şoirlarning donosi” mavzusida ilmiy-nazariy anjuman taşkil etildi.

Anjumanda professor-öqituvçilar, tayanç doktorantlar hamda talabalar iştirok etib, Berdaq ijodining öziga xos jihatlari, uning qoraqalpoq adabiyoti taraqqiyotidagi örni va badiiy merosining bugungi kundagi ahamiyati yuzasidan fikr almaşdilar.

Ilmiy-nazariy anjumanda professor M.Bekbergenova, tayanç doktorant G.Jumabayeva, qoraqalpoq tili va adabiyoti ta’lim yönalişi 4-kurs talabasi R.Maqsetbayevalarning ma’ruzalari tinglandi.

Ma’ruzalarda Berdaqning epik ijodkor sifatidagi mahorati, asarlarida xalq hayoti, orzu-intilişlari va ijtimoiy muammolarning badiiy ifodasi, şuningdek, adib obrazining qoraqalpoq nasrida aks etişi ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilindi.

Anjuman davomida Berdaqning boy adabiy merosini çuqur örganiş, uni yoş avlodga keng tarğib etiş, milliy adabiyotimizga bölgan qiziqiş va hurmatni yanada oşiriş muhimligi ta’kidlandi.

NukusDPI matbuot xizmati.