Rektorning virtual qabulxonasi işga tuşdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari bilan işlaş tizimini yanada takomillaştiriş, fuqarolar uçun qulaylik yaratiş hamda murojaatlarni tezkor va samarali körib çiqiş maqsadida rektorning reception.ndpi.uz virtual qabul platformasi işga tuşirildi.

Mazkur platforma orqali fuqarolar, talabalar, professor-öqituvçilar hamda boşqa murojaatçilar institut rektoriga öz murojaat, taklif va mulohazalarini elektron şaklda yuboriş imkoniyatiga ega böladilar.

Yangi tizimdan foydalaniş qulayligini ta’minlaş maqsadida institutning öquv binolari va boşqa tegişli hududlariga platformaga yönaltiruvçi QR-kodlar joylaştirilgan ma’lumotnomalar örnatildi. Endilikda QR-kodni mobil telefon orqali skanerlaş orqali virtual qabulxona sahifasiga tez va oson kiriş mumkin.

Uşbu taşabbus murojaatçilar uçun ortiqça vaqt va ovoragarçiliklarning oldini oliş, murojaatlarni elektron şaklda qabul qiliş hamda ular bilan işlaş samaradorligini oşirişga xizmat qiladi.

NukusDPI matbuot xizmati.