Qoraqalpoq tilşunosligining dolzarb masalalari muhokama etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Filologiya fakulteti qoraqalpoq tili kafedrasi tomonidan “Qoraqalpoq tilşunosligining dolzarb masalalari: nazariya, amaliyot, metodika” mavzusida respublika III ilmiy-nazariy konferensiyasi taşkil etildi.

Konferensiyaning yalpi majlisida mamlakatimizning yetakçi tilşunos olimlari, professor-öqituvçilar, tadqiqotçilar hamda yoş izlanuvçilar iştirok etib, qoraqalpoq tilşunosligining bugungi kundagi dolzarb masalalari, nazariy va amaliy tadqiqotlar, zamonaviy texnologiyalarning tilşunoslik rivojidagi örni yuzasidan ilmiy ma’ruzalar bilan qatnaşdilar.

Jumladan, Qoraqalpoq davlat universiteti qoraqalpoq tilşunosligi kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori, Qoraqalpoğiston Respublikasida xizmat körsatgan fan arbobi Ş.Abdinazimov “Qipçoq yozma yodgorliklari leksikografiyasi”, mazkur universitet amaliy filologiya kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) A.Otemisov “Qoraqalpoq tilining raqamli transformatsiyasi: kompyuter lingvistikasi va sun’iy intellekt imkoniyatlari”, institut qoraqalpoq tili kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi A.Orazimbetov “Hozirgi qoraqalpoq tilida fatik kontakt reaktivlari”, kafedra tayanç doktoranti M.Abatova esa “Talabalarning nutq mahoratini oşirişda raqamli texnologiyalarning örni” mavzularida ma’ruza qildilar.

Ma’ruzalar davomida qoraqalpoq tilining tarixiy taraqqiyoti, yozma yodgorliklarni örganiş, zamonaviy tilşunoslikning innovatsion yönalişlari, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalardan foydalaniş imkoniyatlari yuzasidan fikr-mulohazalar almaşildi.

Konferensiya doirasida ötkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir ham alohida ahamiyat kasb etdi. Şoiralar S.Sirğabayeva va B.Joldasbayevlar iştirokçilarni qutlab, öz ijod namunalaridan şe’rlar öqib berdilar.

Tadbirning badiiy-adabiy qismi “Ona tili – millatning faxri” deb nomlandi. Unda Filologiya fakulteti qoraqalpoq tili va adabiyoti ta’lim yönalişining 3-kurs talabalari tomonidan sahna körinişlari, ona tilining qadri va millat hayotidagi örni haqida ta’sirçan monologlar namoyiş etildi. Şuningdek, talabalar özlari yaratgan şe’riy asarlarini keng jamoatçilik e’tiboriga havola etdilar.

Tadbir yakunida fakultet dekani G.Begmuratova badiiy-adabiy keçada öz iste’dodi va ijodiy salohiyatini namoyon etgan talabalarni faxriy yorliqlar bilan taqdirladi. Qoraqalpoq tili kafedrasi mudiri G.Patullayeva esa yoşlarga ona tilini ardoqlaş, uning boyligi va betakrorligini asrab-avaylaş hamda kelajak avlodlarga yetkaziş borasida samimiy tilaklarini bildirdi.

Bayram keçasiga institutning “Tömaris” xalq ansambli a’zolari tomonidan taqdim etilgan konsert dasturi yanada kötarinki ruh bağişladi.

Mazkur ilmiy-nazariy konferensiya qoraqalpoq tilşunosligining dolzarb yönalişlarini çuqur örganiş, ilmiy izlanişlar va tajribalar almaşinuvini kengaytiriş, şuningdek, yoşlarning ona tiliga bölgan hurmat va ehtiromini yanada yuksaltirişga xizmat qildi.

NukusDPI matbuot xizmati.