Global ta’lim transformatsiyasi şaroitida zamonaviy pedagogika: innovatsiyalar, barqaror rivojlaniş va inson kapitali

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida umumiy pedagogika kafedrasi tomonidan “Global ta’lim transformatsiyasi şaroitida zamonaviy pedagogika: innovatsiyalar, barqaror rivojlaniş va inson kapitali” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya taşkil etildi.
Mazkur konferensiya zamonaviy ta’lim tizimidagi global özgarişlar, pedagogik jarayonga innovatsion yondaşuvlarni tatbiq etiş, barqaror rivojlaniş tamoyillarini ta’lim mazmuniga singdiriş hamda inson kapitalini rivojlantirişning dolzarb masalalarini ilmiy jihatdan muhokama qilişga qaratildi.
Xalqaro konferensiyada MDH, Şanxay hamkorlik taşkilotiga a’zo davlatlar va boşqa xorijiy mamlakatlar, şuningdek, respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy markazlar olimlari, tadqiqotçilari va professor-öqituvçilari faol iştirok etdi. Anjumanga jami 400 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar kelib tuşgani uning ilmiy-amaliy ahamiyati va xalqaro miqyosdagi qamrovini namoyon etdi.
Konferensiyaning oçiliş marosimida soha mutaxassislari va olimlarning mavzuga oid ma’ruzalari tinglandi. Ularda global ta’lim transformatsiyasi jarayonida zamonaviy pedagogikaning ustuvor yönalişlari, ta’lim sifatini oşirişda innovatsion texnologiyalarning örni, pedagog kadrlar tayyorlaş tizimini takomillaştiriş hamda yoş avlodning intellektual salohiyatini yuksaltiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Anjuman öz işini törtta şöbada davom ettirdi. Şöba yiğilişlarida ta’lim-tarbiya jarayonini modernizatsiya qiliş, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va innovatsion metodlardan foydalaniş, barqaror rivojlanişning ta’limdagi ahamiyati, inson kapitalini şakllantiriş va rivojlantirişga oid ilmiy izlanişlar hamda ilğor tajribalar yuzasidan fikr va mulohazalar almaşildi.
Konferensiya doirasidagi ilmiy muloqotlar xorijiy va mahalliy olimlar örtasida akademik hamkorlikni mustahkamlaş, ilğor ilmiy tajribalarni ommalaştiriş, pedagogika sohasidagi dolzarb muammolarga ilmiy yeçimlar işlab çiqiş hamda istiqbolli tadqiqotlar uçun yangi imkoniyatlar yaratişga xizmat qiladi.
NukusDPI matbuot xizmati.