Talabalar örtasida “Munozara” intellektual öyini taşkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Yoşlar ittifoqi boşlanğiç taşkiloti tomonidan talaba-yoşlarning intellektual salohiyatini oşiriş, mustaqil va tanqidiy fikrlaş könikmalarini rivojlantiriş, öz fikrini erkin hamda asosli bayon etiş madaniyatini şakllantiriş maqsadida “Munozara” intellektual öyini taşkil etildi.

Öyin davomida talabalar turli mavzulardagi bahs-munozaralarda iştirok etib, öz bilimlari, mantiqiy fikrlaş qobiliyati, dalillar bilan işlaş va jamoada hamkorlik qiliş könikmalarini namoyon etdilar. Öyin jarayoni yoşlar örtasida soğlom fikr almaşinuvi va özaro hurmat muhitini şakllantirişga xizmat qildi.

Intellektual öyin yakunida iştirokçi talabalar uçun seminar taşkil etildi. Seminarda munozara olib boriş madaniyati, bahs jarayonida dalillardan samarali foydalaniş, notiqlik mahoratini oşiriş, tanqidiy fikrlaş va öz nuqtayi nazarini mantiqiy asoslaş kabi masalalar yuzasidan tuşunçalar berildi.

NukusDPI matbuot xizmati.