Diqqat! Nukus DPIga oʻqishga kirish uchun 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun shartnomalar tarqatiladi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti bakalavriat ta’lim yoʻnalishlariga kirish uchun 4,05 ballgacha yetmagan va https://t-kontrakt.edu.uz tizimi orqali onlayn tarzda ariza topshirgan abituriyentlarga (bakalavriat va xorijdan oʻqishini koʻchirish boʻyicha imtihon topshirib, tavsiya etilmaganlarga) tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt («super kontrakt») boʻyicha shartnomalar 2021-yil 14-oktabr kunidan boshlab institut buxgalteriyasi orqali offlayn tarzda tarqatiladi. Abituriyentlar fuqarolik pasporti bilan kelib, murojaat qilishi mumkin.

Ma’lumot oʻrnida ta’kidlash joiz, bu yilgi oʻquv yilida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt («super kontrakt») miqdorlari quyidagicha hisoblanadi:

– 1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun – bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;

– 1,06 balldan 2,05 ballgacha yetmaganlar uchun – bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorining 2,0 barobari;

– 2,06 balldan 3,05 ballgacha yetmaganlar uchun – bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorining 2,5 barobari;

– 3,06 balldan 4,05 ballgacha yetmaganlar uchun – bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorining 3,0 barobari.

Eslatib oʻtamiz, «super kontrakt» boʻyicha shartnomalar hozircha oʻqishga kirish uchun 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun tarqatiladi. 4,06 balldan yuqori yetmagan abituriyentlar uchun shartnomalar qachondan boshlab tarqatilishini qoʻshimcha e’lon qilamiz.

Nukus DPI qabul komissiyasi.