AXBOROT XATI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 7 martdagi «O‘zbekiston Respublikasida 2022 yili xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik anjuman rejasi to‘g‘risida»gi 101-F-sonli Farmoyishi asosida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti Geografiya o‘qitish metodikasi kafedrasi tomonidan 2022 yil 27-28 aprel kunlari «Geografiya fani va uni o‘qitishning dolzarb masalalari» mavzusida Respublika miqyosida ilmiy-nazariy konferensiya o‘tkaziladi.
Konferensiyada quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha sho‛balar ish olib boradi:
1-sho‘ba. Tabiiy geografiya va geoekologiya masalalari;
2-sho‘ba. Iqtisodiy-ijtimoiy geografiya va demografiyaning dolzarb muammolari;
3-sho‘ba. Geografiya ta’limi va uni o‘qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish usullari;
4-sho‘ba. Tabiiy va gumanitar fanlarni o‘qitishda innovatsion texnologiyalar.
Konferensiyaning ishchi tillari: o‘zbek, rus, qoraqalpoq, ingliz
Konferensiyada ishtirok etish shakllari: sirtdan qatnashish, devoriy doklad, og‘zaki doklad
Qatnashish shartlari: konferensiyada ilmiy-tadqiqot, ta’lim muassasalari rahbarlari va xodimlari, doktorantlar, stajyor-tadqiqotchilar, erkin izlanuvchilar, magistrantlar va talabalar ishtirok etishi mumkin.
Konferensiyaning tashkiliy qo‘mitasi tomonidan qonferensiyaga taqdim etilgan materiallarni nashr etish ko‘zda tutilgan. Konferensiyaning nashr etilgan to‘plami og‘zaki dokladi bilan ishtirok etadigan ishtirokchilarga taqdim etiladi. Konferensiyada sirtdan yoki de’voriy doklad bilan qatnashgan ishtirokchilarga ma’ruzalar to‘plamining *.pdf varianti va elektron sertifikat taqdim etish ta’minlanadi.
Konferensiyaga taqdim etiladigan materiallarni rasmiylashtirish qoidalari:
1. Materiallar hajmi 3-5 bet hajmida bo‘lishi kerak.
2. Matn A4 formatdagi oq qog‘ozga, barcha tomonlari 2,5 sm chegaralar qoldirib, joylashtiriladi va elektron shaklda taqdim etiladi. Doklad materiallari raqamlanmaydi va Microsoft Word redaktorida Times New Roman shriftida 14 o‘lchamda (interval 1) *.rtf, *.doc formatda rasmiylashtiriladi. Fayl nomi lotin yozuvida birinchi muallif familiyasi bilan nomlanishi shart (Allanov.rtf, doc).
3. Material nomi bosh (katta) harflar bilan, ko‘chirilmasdan, markazga yoziladi. Keyin kichik harflar bilan muallifning (mualliflarning) familiyasi, ismi-sharifi ko‘rsatiladi. Doklad muallifining ismi-sharifi va familiyasining tagiga chiziladi. Familiyalar ostiga ish joyi, lavozimi, shahar, mamlakat ko‘rsatiladi. Shundan so‘ng 1,25 abzasga e’tibor bergan holda matn joylashtiriladi. Matnga diagramma, gistogramma, foto rasmlar, jadvallar berilishi mumkin. Diagramma, gistogramma, foto rasmlarning barchasi matnida rasm sifatida ketma-ketlik inobatga olingan holda rasmiylashtiriladi. Rasmlar matni ob’ektning ostiga markazlashgan xolda, jadvallar matni esa ob’ektning yuqori chap tomonidan rasmiylashtirilib beriladi.
4. Matnda adabiyotlarga havolalar (cсылки) tik qavs ichida havola olingan manba tartib raqami va ilmiy asarning beti ko‘rsatilgan [1,93] holda rasmiylashtiriladi.
5. Material oxirida “Foydalanilgan adabiyotlar” ro‘yxati tartib raqami bilan alifbo tartibida
Bayon etilgan ma’lumotlarning ilmiy-nazariy asoslanganligi, fakt va ma’lumotlarning aniqligiga muallif (mualliflar) mas’ul hisoblanadi.
Materiallarni tashkiliy qo‘mitaga yuborish muddati va chop etish to‘lov hajmi:
To‘plamda e’lon qilinadigan materiallarning bir varag‘i uchun 15.000 (o‘n besh ming) so‘m to‘lanadi. Konferensiya materiallarining o‘z vaqtida nashr etilishini ta’minlash maqsadida Sizdan materiallarni 2022 yilning 20 aprel kunigacha jo‘natishingizni so‘raymiz.
Talablarga javob bermaydigan holda rasmiylashtirilgan va belgilangan muddatdan kechikib yuborilgan materiallar to‘plamga kiritilmaydi.
Konferensiya materiallari uzaqbaev.qoblan@mail.ru elektron pochta va +99893 614–29–76 Uzaqbaev Qoblan Telegram, WhatsApp manzillarida qabul qilinadi.
Manzil: 230105, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, P.Seytov ko‘chasi, raqamsiz uy. Tel.: +(99861) 229-40-75, Faks: +(99861) 229-40-75, NDPI. E-mail: nkspi_info@edu.uz
NAMUNA
ILMIY TEZIS NOMI …. ILMIY TEZIS NOMI
Muallif(lar)ning familiyasi, ismi, sharifi
Tashkilot (muassasa) nomi, lavozimi, shahar va davlat nomi
Tekst. Tekst. Tekst. Tekst. Tekst. Tekst. Tekst. Tekst. Tekst. Tekst. Tekst. Tekst. Tekst. Tekst. Tekst. Tekst. Tekst. Tekst. Tekst. Tekst. Tekst. [1, 93].
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Tekst. Tekst. Tekst.
2. Tekst. Tekst. Tekst.
KONFERENSIYA ISHTIROKCHISINING ANKETASI
F.I.Sh.: |
|
Sho‘ba: |
|
Tezis nomi: |
|
Ish joyi va manzili: |
|
Lavozimi: |
|
Ilmiy daraja va unvoni: |
|
Telefon raqami: |
|
E-mail: |
|