Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va oilaviy hayotga tayyorlash masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Aniq fanlar fakultetida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, giyohvandlik, ichkilikbozlik va kashandalikka qarshi kurashish, to‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lomlashtirish dasturlarini hayotga tatbiq etishga qaratilgan seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda fakultet dekanining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari Xalmurat Yesemuratov, institut psixologlari Guljamal To‘reniyazova va Elmira Gulimbetova, shuningdek, fakultet tyutorlari ishtirok etdi.

Seminarda psixologlar tomonidan talabalar o‘rtasida oilaviy hayotga to‘g‘ri yondashish, emotsional barqarorlik, stressni boshqarish va sog‘lom muhitni yaratish bo‘yicha foydali tavsiyalar berildi.

Tadbir davomida talabalar bilan interaktiv suhbat va savol-javoblar o‘tkazilib, sog‘lom turmush tarzining inson hayotidagi o‘rni, zararli odatlarning og‘ir oqibatlari haqida to‘liq tushunchalar berildi hamda “Sog‘lom turmush – baxtli kelajak kaliti” shiorini kundalik odatga aylantirish masalalari targ‘ib qilindi.

NukusDPI matbuot xizmati.