Ellikqal’ada “Yashil makon” aksiyasi

Bugun, 11-noyabr kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Ellikqal’a fakultetida talaba-yoshlar va professor-o‘qituvchilar ishtirokida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari tashkil etildi.
Tadbir ishtirokchilari fakultet atrofidagi yerlarga har xil daraxt ko‘chatlarini o‘tqazdi.
Fakultetda joriy yil kuz mavsumida jami ikki ming tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish belgilangan bo‘lib, bugungi ekologik aksiya doirasida 650 tup ko‘chatlar o‘tqazildi.
Institutda “Yashil makon” aksiyasi doirasida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda.
