NukusDPIda “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika maqolalar va insholar tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida “Talabalar bahori” festivali doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan tashkil etilgan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika maqolalar va insholar tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda respublika bo‘yicha 20 ga yaqin oliy ta’lim muassasalaridan saralangan eng bilimli va iqtidorli talabalar ishtirok etdi.

Mirzo Ulug‘bek hayoti va faoliyatiga oid insho hamda test sinovlaridan iborat bo‘lgan tanlovning yakuniy bosqichida ishtirokchilarning ijodiy ishlari hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan baholandi.

Tanlov yakunida g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, diplom, statuetka va pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Faol ishtirok etgan talaba-yoshlar, hakamlar hay’ati va tanlovning final bosqichini yuqori darajada tashkil etishga hissa qo‘shgan institut jamoasiga tashakkurnomalar topshirildi.

Tadbir ishtirokchilari va mehmonlar institutdagi Ajiniyoz muzeyi bilan tanishdi.

NukusDPI matbuot xizmati.