Talaba-yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar va sport to‘garaklari faoliyati o‘rganildi

Bugun, 7-aprel kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi boshqarma boshlig‘i Z.Ataxanov hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligidan Sh.Raxmonov talaba-yoshlar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

Institut rektori v.b. Quvondiq Qodirov va tegishli mutasaddilar institutda talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, xususan, ular o‘rtasida sport va sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil etish, sport to‘garaklari faoliyati, shuningdek, “Talabalar ligasi” sport musobaqalarini samarali yo‘lga qo‘yish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirdi.

O‘rganish davomida yoshlar o‘rtasida sportni yanada keng ommalashtirish bo‘yicha galdagi vazifalar belgilab olinib, mutasaddilarga tegishli tavsiyalar bildirildi.

NukusDPI matbuot xizmati.