“To‘maris izdoshlari” sport musobaqasining institut bosqichi bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan talaba-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni umuminsoniy, milliy va oilaviy qadriyatlar asosida tarbiyalash, shuningdek, ularning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida tashkil etilgan “To‘maris izdoshlari” sport musobaqasining institut bosqichi o‘tkazildi.
Musobaqada ishtirokchilar jamoani tanishtirish, birinchi tibbiy yordam, kamondan otish, velosipedda uchish, 100 metrga yugurish va boshqa shartlar bo‘yicha o‘z imkoniyatlari, jismoniy tayyorgarliklarini namoyish etishga harakat qildi.
Jamoalarning har bir shart bo‘yicha natijalarini hakamlar hay’ati a’zolari baholab bordi.
Musobaqa yakunida g‘oliblar aniqlanib, keyingi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi bosqichga yo‘llanma berildi.
NukusDPI matbuot xizmati.
