NukusDPIda Respublika kitobxonlar haftaligi boshlandi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti axborot-resurs markazi tomonidan talaba-yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va keng targ‘ib qilish maqsadida VI Respublika kitobxonlar haftaligi tadbirlari tashkil etildi.

“Kitob – mazmunli hayot asosi” mavzusidagi haftalikning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist A.O‘teniyazova, Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti axborot-resurs markazi direktori Q.Naurizbayeva, institutning pedagogika kafedrasi professori T.Saparbayev, axborot-kutubxona resurslarini to‘plash, kataloglashtirish va tizimlashtirish bo‘limi boshlig‘i B.To‘reyeva, xorijiy axborot-kutubxona resurslari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i R.Amanbayeva, Filologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirni axborot-resurs markazi direktori G.Jiyemuratova boshqarib bordi.

So‘zga chiqqanlar kitobxonlik haftaligining ahamiyati, uning jamiyatda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishdagi o‘rni, yoshlar o‘rtasida kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirish borasidagi ishlar haqida ma’lumotlar berdi.

Haftalikning ochilish marosimi yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilishga yo‘naltirilgan viktorina o‘yinlari, savol-javoblar, shuningdek, iqtidorli talabalar ijrosidagi musiqiy bo‘lim bilan davom etdi.

NukusDPI matbuot xizmati.