Vazir o‘rinbosari Azizbek Turdiyev NukusDPIga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining o‘rinbosari Azizbek Turdiyev boshchiligidagi mas’ul vakillar Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi.

Vazir o‘rinbosari dastlab institutning yangi qurib bitkazilgan bosh binosi va bu yerdagi axborot-resurs markazi, IT-inkubatsiya markazi, registrator ofisi, shuningdek, yoshlarning sport bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Atoqli qoraqalpoq mumtoz shoiri Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘lining 200 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan Ajiniyoz muzeyidagi eksponatlar bilan tanishib, o‘z tilaklarini esdaliklar kitobiga yozib qoldirdi.

Shundan so‘ng “HAYAT GROUP” MCHJ bilan hamkorlikda davlat-xususiy sheriklik asosida qurilayotgan institutning 500 o‘ringa mo‘ljallangan 6 qavatli yangi talabalar turar joyining qurilish ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Bu yerda tegishli mutasaddilar bilan qurilish ishlarining borishi haqida fikr almashib, qurilishni o‘z vaqtida sifatli qilib yakunlash bo‘yicha tegishli takliflarini bildirdi.

NukusDPI matbuot xizmati.