Aniq fanlar fakultetida “Yoshlar kuni”ga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Aniq fanlar fakultetida “Payshanba – yoshlar kuni” munosabati bilan bir qator ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirlar, uchrashuvlar tashkil etildi.

Xususan, fakultet talaba-yoshlari o‘rtasida muntazam ravishda o‘tkazib kelinayotgan “Bilim ring” intellektual turnirining 12-tur o‘yini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Amanbay Orinbayevning ma’ruzasi asosida tayyorlangan “Qoraqalpog‘iston taraqqiyot yo‘lida” nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanma asosida tuzilgan savollardan iborat bo‘ldi. Bu orqali talaba-yoshlar yurtimizda xalqimizning farovon hayotini ta’minlash yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar, keng ko‘lamli islohotlar haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldi.

Shuningdek, yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashni targ‘ib qilish maqsadida uchrashuv tashkil etildi. Unda institutning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Sh.Shamuratov ishtirok etib, korrupsiyaning salbiy oqibatlari, uning oldini olish yo‘llari va yoshlarning bu boradagi mas’uliyati haqida so‘zlab berdi. Uchrashuv fikr almashish va savol-javoblar bilan davom etdi.

Fakultetda fizika-matematika fanlari doktori, akademik Po‘lat Habibullayev tavalludining 90 yilligi munosabati bilan xotira kechasi tashkil etildi. Kechada olimning hayot yo‘li, ilmiy faoliyati, ilm-fan rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida so‘z bordi. Shuningdek, uning ilmiy merosi va yosh avlod uchun ibratli bo‘lgan jihatlari alohida qayd etildi.