Xorijiy ma’lumotlar bazalari bilan ishlash bo‘yicha ma’lumotlar berildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti axborot-resurs markazida VI Respublika kitobxonlar haftaligi doirasida talaba-yoshlar va professor-o‘qituvchilar uchun xorijiy ma’lumotlar bazalari bilan ishlash bo‘yicha uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvni axborot-resurs markazi direktori G.Jiyemuratova kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Tadbirda markazning xorijiy axborot-kutubxona resurslari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i R.Amanbayeva hamda videokonferensiya aloqasi orqali “Clarivate” kompaniyasining hududiy vakili, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) D.Abdumuminova tomonidan dunyoning yetakchi ilmiy bazalari, elektron kutubxonalar va onlayn platformalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, ilmiy maqolalarni izlash, saralash, ulardan to‘g‘ri foydalanish, iqtibos keltirish qoidalari va akademik halollik tamoyillari bo‘yicha amaliy tavsiyalar bildirildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldi.

NukusDPI matbuot xizmati.