NukusDPI jamoasi “Yurtim qadriyatlari” tanlovida yuqori natijaga erishdi

Buxoro shahrida oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida “Yurtim qadriyatlari” tanlovining uchinchi hududiy yarim final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda Xorazm, Samarqand, Navoiy viloyatlaridan hududiy bosqich g‘oliblari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasidan Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining “Jadidlar izdoshlari” jamoasi ishtirok etdi.
Mazkur tanlovda jamoalar milliy urf-odatlar, an’analar va xalqimizning ma’naviy merosini o‘zida mujassam etgan sahna ko‘rinishlarini namoyish etdi. Tajribali mutaxassislardan iborat hakamlar hay’ati ishtirokchilarning chiqishini badiiy did, ijro mahorati va qadriyatlar mazmuni ochib berilganligi asosida baholab bordi.
Tanlov yakunida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining “Jadidlar izdoshlari” jamoasi faxrli 2-o‘rinni egalladi.
NukusDPI matbuot xizmati.
