“Yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz!” respublika tanlovining institut bosqichi bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida talaba-yoshlarning giyohvandlik, psixotrop va kuchli ta’sir etuvchi moddalarga qarshi kurashish borasidagi bilim va ko‘nikmalarini baholash, oliy ta’lim muassasalarida giyohvandlikning zararli oqibatlari haqidagi tushunchalarni keng targ‘ib qilish, shuningdek, ijodiy ishlar orqali sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish maqsadida tashkil etilgan “Yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz!” respublika tanlovining institut bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda har bir fakultetdan bittadan jamoa ishtirok etdi va ishtirokchilar insho yozish, rasm chizish, qisqa videoroliklar va sahna ko‘rinishi shartlari asosida o‘z tayyorgarliklarini ko‘rsatishga harakat qildi.

Shunday qilib, tanlov yakunida:

1-o‘rin – Aniq fanlar fakulteti;

2-o‘rin – Filologiya fakulteti;

3-o‘rin – Tabiiy fanlar fakulteti jamoalariga nasib etdi.

G‘olib jamoa tanlovning keyingi bosqichiga yo‘llanma oldi.

NukusDPI matbuot xizmati.